Foydalanish shartlari
Burjnoma xizmati (burjnoma.uz sayti, Telegram-bot va mobil ilova) "SINUS PRO" MChJ (STIR 311 752 736) tomonidan taqdim etiladi.
Bu qanday xizmat
Burjnoma munajjimlar bashoratlari, burjlar mosligi, oy taqvimi va natal xaritalarni e'lon qiladi. Sayyoralar holati astronomik formulalar bo'yicha hisoblanadi, matnlar shu hisob-kitoblar asosida sun'iy intellekt yordamida yoziladi.
Bashoratlar ko'ngilochar xarakterga ega. Ular tibbiy, yuridik, moliyaviy yoki psixologik maslahat emas. Muhim qarorlarni faqat bashorat asosida qabul qilmang.
Hisob
Telegram, Apple yoki Google orqali kirish mumkin. O'zingiz haqingizdagi ma'lumotlar to'g'riligi va qurilmalaringizga kirish uchun o'zingiz javobgarsiz. Hisobni istalgan vaqtda shaxsiy kabinetda yoki ilovada o'chirish mumkin.
Foydalanish qoidalari
Xizmat ishiga xalaqit berish, materiallarni avtomatik vositalar bilan ommaviy yuklab olish va Burjnoma matnlarini manbasiz o'zingizniki qilib ko'rsatish mumkin emas.
Javobgarlik
Xizmat «boricha» taqdim etiladi. Uzluksiz ishlashiga harakat qilamiz, lekin buni kafolatlamaymiz.
O'zgarishlar
Bu shartlarni yangilashimiz mumkin; amaldagi versiya doim shu sahifada. Savollar: mantiqshunos@gmail.com.
Yangilangan sana: 2026-yil 19-noyabr.